Ispaniyani uyiga jo‘natgan 13 futbolchi Marokashda tug‘ilmagan!

  • 07.12.2022 13:58
  • Yahyoxo’ja Ulug’xo’jayev
  • 0
  • Futbol

Kechagina bu mundialdagi eng katta sensatsiyasini amalga oshirgan Marokash safida 13 ta boshqa mamlakatda dunyoga kelgan futbolchi harakat qilganidan xabaringiz bormi? Kishini hayratga soluvchi fakt! PSJni yondirayotgan Ashraf Hakimi, seriyada qahramonlik ko‘rsatgan Yassin Bunu va boshqa asosiy ijrochilar turli-tuman davlatlarda tavallud topgan. SPORTS.uz sizlarni to‘liq ma’lumotlar bilan tanishtiradi.

Yassin Bunu

dp43zp43dzp

Ispaniyani turnirdan chiqarib yuborgan yigit Kanadaning Monreal shahrida tug‘ilgan. E’tiborlisi shundaki, Yassin 8 yoshga to‘lgan paytda oilasi bilan ortga, Marokashga qaytadi. Aynan shu yoshdan qahramonimiz mahalliy “Vihdat” jamoasi akademiyasiga qabul qilinadi.

Munir Muhammadi

Zaxira darvozaboni asli Marokashga tegishli bo‘lsada, 40 yildan beri Ispaniya tomonidan boshqarilayotgan Melilya shahrida dunyoga kelgan. Bu hozirgi Marokash uchun eng og‘riqli mavzu sanaladi. Mamlakat aholisi qachondir bu ko‘hna shaharni qaytarib olishiga ishonadi. Munir ham bir necha bor intervyularda shu so‘zlarni aytgan.

Roman Saiss

Marokash termasi sardori Bur-de-Peaj shahridan. Bu Parijdan biroz uzoqlikda joylashgan kichik shaharcha. Qahramonimizning otasi marokashlik bo‘lsa, onasi frantsuz. Roman Frantsiyada katta bo‘lganiga qaramay, birinchi imkon bo‘lishi bilan Marokash termasini tanlagan. Shu bois, mahalliy ishqibozlar uni hurmat qiladi.

Ashraf Hakimi

Marokash termasining asosiy yulduzi Madridda dunyo yuzini ko‘rgan. U yoshlikdan “Real” akademiyasida tarbiya topadi. Qahramonimiz bir necha bor Ispaniya yoshlar termasidan taklif olganiga qaramay, asl vatani uchun to‘p surishni afzal ko‘radi. U bu qarorini jamoalarning ichki muhitidan kelib chiqib to‘g‘ri ekanligiga shubha qilmaydi. Ashrafning ota-onasi ham farzandi Evropada katta bo‘lganiga qaramay, asl marokashlik ekanligidan faxrlanadi.

pl34щpl43щlp

Nussair Mazraui

Chap qanot himoyachisi Niderlandiyaning Leyderdorpidan. 9 yoshdan boshlab “Ayaks” akademiyasi tarbiyalanuvchisiga aylangach, uzoq muddat Niderlandiya fuqaroligini rad etdi. “Bavariya”ga o‘tgach, "uchar gollandlar"dan tushgan taklifni rad etdi. Marokash uchun to‘p tepishni yoshligidan orzu qilgan yigit bugungi jamoaning asosiy figuralaridan biriga aylangan.

Sofyan Amrabat

Ispaniyani turnirdan chiqarib yuborishda katta xizmat qilgan yarim himoyachi ham Niderlandiyada tug‘ilgan. “Utrext” tarbiyalanuvchisi hatto Niderlandiya yoshlar termasida ham to‘p surgan. Sofyan akasi Nardin ortidan u ham asl vatani uchun to‘p tepishni afzal ko‘rgani e’tiborga molik.

pl34щp43lpщ

Selim Amalla

Chorak final yo‘llanmasini bergan o‘yinda 82 daqiqa harakat qilgan Selimning karerasi qiziqarli. Etnik italyan va marokashlik bo‘lgan yigit Belgiyada katta bo‘lgan. Unda, bir yo‘la uchta terma jamoa yoshlarida to‘p surish imkoniyati bor edi. Selim ota yurtini afzal ko‘rdi. 2019 yilda "qora qit’a" tomon yo‘l olishga qaror qildi. Qahramonimiz butun faoliyati davomida Belgiya chempionatida harakat qilmoqda. U “Standart” klubining chinakam etakchisi.

Ilyas Shair

Ilyasning hayot yo‘li Selimnikidan ham qiziqroq. Otasi marokashlik, onasi polshalik bo‘lgan bolakay Belgiyada katta bo‘ladi. E’tiborlisi shundaki, Shairga birinchi bo‘lib Polsha yoshlar jamoasidan taklif kelib tushadi. Futbolchi ikki bor buni rad etadi. Faqat 2017 yilga kelibgina Marokashdan kelgan chaqiruvni qabul qiladi. Hozirda QPR a’zosi.

Bilol el-Xannus

Qatar yashil maydonlarida hali debyut qilmagan markaziy yarim himoyachi bilan yaqindan tanishamiz. Maydonga tushmagani uchun uni hisobdan chiqarishga shoshilmang! Endigina 18 yoshni qarshi olgan yigitcha yaqin 2-3 yil ichida top-klublar oromini o‘g‘irlashi turgan gap. Hozir Marokash bilan JChga kelganiga qaramay, Bilol Belgiyaning U14, U16 va U18 jamoalari sharafini himoya qilgan. Ulg‘aygach, ota-onasini xursand qilish maqsadida Marokashni tanladi.

Hakim Ziesh

dp43dzp43

Bugungi jamoaning eng taniqli ijrochisi – Hakim Ziesh ham Niderlandiyada tavallud topgan. U shu mamlakatning o‘smirlar va yoshlar jamoasida to‘p surgan. Professional karera start olgach, Niderlandiyadan voz kechib, Marokash foydasiga qaror qabul qildi. Qizig‘i shundaki, 2022 yilda u terma safidagi faoliyatiga nuqta qo‘ymoqchi edi. Bunga bosh murabbiy Vohid Xalilxo‘jich bilan bilan janjal sabab bo‘ldi. Keyin, Marokash futbol rahbarlari Vohidni iste’foga chiqardi. Yangi murabbiy kelgach, Ziesh ham termaga qaytdi.

Sofian Bufal

Bu hujumkor yarim himoyachi Parijda katta bo‘lgan. Marokashliklar oilasida ulg‘aygani yakunda uni terma jamoa tanlashdagi qaroriga ta’sir ko‘rsatdi. “Anje” klubi akademiyasida tarbiyalangan futbolchi Frantsiya termasidan taklif olmagach, 2016 yilda Marokashni tanladi. Hozir u jamoaning asosiy yulduzlaridan biri.

Zakariya Abduhilol

Mundial davomida ikki bor zaxiradan o‘yinga qo‘shilgan futbolchi ham Niderlandiyada tug‘ilib o‘sgan. Liviya va marokashliklar oilasida dunyo yuzini ko‘rgan yigit 20 yoshga qadar katta bo‘lgan mamlakatining turli yoshdagi jamoalari sharafini himoya qildi. PSV klubida futbol saboqlarini olgan Zakariya 21 yoshda Marokash termasidan kelgan taklifni qabul qildi.

plщ3pl4щ3pl

Valid Keddira

24 yoshli hujumchi “Bari” sharafini himoya qilmoqda. Italiyada tug‘ilganiga qaramay, u aslida qaerlik ekanligini unutgani yo‘q. Keddira juda kuchli ijrochi emas, ammo so‘nggi mavsumda Italiya B Seriyasida to‘purar bo‘ldi. Aynan shu faktor evaziga murabbiylar shtabi Validni tarkibga qo‘shib oldi. Ispaniyaga qarshi o‘yinda zaxiradan maydonga tushgan Keddira Marokash libosida debyut qilishga muvaffaq bo‘ldi. Bu uning ilk rasmiy o‘yini edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!