Ispaniyaning mashhur tennischisi ikkinchi davraga yo‘l oldi
"ATR Abierto Mexicano Telcel - 2018" turnirida birinchi davra bahslarida kutilmagan natijalar qayt etilmoqda.
Mazkur musobaqada ispaniyalik Felisiano Lopes Yaponiyaning umidli tennischisi Taro Danielga qarshi kortga chiqdi va 4:6, 6:3, 6:4 hisobida g‘alab qozondi.
Musobaqaning ikkinchi davrasida Lopes avstraliyalik Tanas Kokkinakis bilan raqobatlashadi. Eslatib o‘tamiz, Tanas ilk bosqichda qozog‘istonlik Aleksandr Bublikni 6:4, 6:3 hisobida mag‘lub qilgan edi.

Fikrlar