Isroil Adesanya sobiq sevgilisi bilan sudda yutib chiqdi!
Taniqli UFC jangchisi Isroil Adesanya sobiq sevgilisi Sharlotta Paudrell bilan sudda yutib chiqdi.
Xabarlarga ko‘ra, Sharlotta Adesanya boyligining yarmi – 15 mln dollarni talab qilgan. Biroq sudda jangchining barcha aktivlari onasining nomiga rasmiylashtirilgani, Isroilning shaxsiy hisobi esa qonuniy ravishda bo‘sh ekani ma’lum bo‘ldi.
Oxir-oqibat, sud qolgan mablag‘, ya’ni Paudrellning shaxsiy hisobidagi 1 million dollarni teng ikkiga bo‘lish qarorini chiqardi. Endi sobiq sevgilisi Adesanyaga 500 ming dollar tovon puli to‘lashi kerak.
Yodingizda bo‘lsa, bir necha yil avval marokashlik futbolchi Ashraf Hakimi bilan ham shunga o‘xshash holat yuz bergan edi.
Fikrlar