
Isroil Madrimov - Emmanuel Kalombo janggi to‘liq davom etdi
Xabaringiz bor, "Humo Arena" sport majmuasida professional boks kechasi bo‘lib o‘tmoqda. Unda 8 nafar hamyurtimiz o‘z janglarini o‘tkazyapti.
Kun tartibidan o‘rin olgan navbatdagi jangda professional boksda dadil odimlayotgan Isroil Madrimov ringga ko‘tarildi. Kongo vakili Emmanuel Kalomboga qarshi kurash olib borgan hamyurtimiz raqibiga ilk mag‘lubiyatini "tuhfa etdi".
Shu tariqa, ketma- ket 6-bokschimiz bugungi jang kechasida zafar quchdi.
Fikrlar