
Isroil Madrimov va Mishel Soro revansh jangi sanasi va manzili aniq bo‘ldi (foto)
Professional boksning super yarim o‘rta vazn toifasida (69,8 kg) WBA eliminator jangi sifatida Isroil Madrimov va Mishel Soro o‘rtasida revansh buyurilgan edi. Soroning promouterlik kompaniyasi "Y12_Boxing"ning instagram sahifasida ma’lum qilinishicha, ushbu bahs 9 iyul kuni Angliyaning London shahrida bo‘lib o‘tadi. Ammo bu hali Matchroom kompaniyasi tomonidan rasman tasdiqlanmadi.
Eslatib o‘tamiz, 2021-yil dekabr oyida Toshkentda bo‘lib o‘tgan to‘qnashuvda gongdan so‘ng bir necha zarbalar yo‘llanishi natijasida, Madrimovning 9-raunddagi texnik nokautli g‘alabasi tashkilotni qoniqtirmagan va ikkinchi jangga buyruq berilgan edi.
Fikrlar