
Isroil Madrimovga uy sovg‘a qilindi (Video)
Isroil Madrimov yurtimizga qaytib keldi.
Xabaringiz bor, yaqindagina AQShning Los-Anjeles shahrida katta professional boks oqshomi tashkil etilgan edi. Ushbu oqshomning markaziy jangida Isroil Madrimov AQShlik Terens Krouford bilan birinchi o‘rta vazn toifasida WBA kamari uchun jang qildi.
Bugun tongda esa bokschimiz O‘zbekistonga qaytib keldi. Madrimovni Islom Karimov nomidagi Toshkent Xalqaro aeroportida rasmiylar va keng jamoatchilik tantanali ravishda kutib oldilar. Unga Toshkent shahridan uy sovg‘a qilindi. Quyida kutib olish jarayonidan videolavhani tomosha qiling!
https://youtu.be/doP4quGyp7Q?si=VU8nokDZ7Pkvqr9H
Fikrlar