Asosiy mazmunga oʻtish

Iste'dodli futbolchi Manchester superklubiga o'tmagani sababini ochiq aytdi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Qaror to‘g‘ri bo‘lganmi?

«Nyukasl» himoyachisi Lyuis Xoll o'tgan yozda «Manchester Yunayted»ning chorlovini nima sababdan rad etganini tushuntirdi.

Entoni Gordon, Sandro Tonali va Bruno Gimarains kabi Xollda ham o'tgan yozda «Nyukasl»ni tark etib, yirik klubga o'tish imkoniyati bor edi.

Biroq «Nyukasl»ning maqsadlari va yangi bosh murabbiy Mattias Yaysslening rejalari 22 yoshli angliyalik futbolchini jamoada qolishga va yangi shartnoma imzolashga ishontirdi.

- Rostini aytsam, bu menga ta'sir qilmadi. O'ylaymanki, seni boshqa jamoaga o'tishing bilan bog'lashsa, demak, sen nimanidir to'g'ri qilayotgan bo'lasan. Menimcha, bu futbolchi va shaxs sifatida o'zingni qanday namoyon qilayotganingga berilgan bahodir.

Men bunga ijobiy munosabatda bo'ldim, ammo shu bilan birga bu yerda o'ynashni qanchalik yaxshi ko'rishimni ham bilardim. Shuningdek, bizning maqsadlarimiz qanday ekanini va yangi murabbiy kelganidan keyin nimlarga erishmoqchi ekanimizni ham bilardim.

Ko'p bo'lmagan suhbatlar va mashg'ulotlardan so'ng bu murabbiy klubimizga juda mos kelishini tushundim. Jamoa yangi futbolchilar bilan kuchayishi va tarkibini yaxshilashini ham bilardim. Bu amalga oshgach, yangi shartnoma imzolashga hech ikkilanmadim, - deya Xollning so'zlarini Daily Mail keltiradi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q