Istomin favoritdan mag‘lub bo‘lib, turnirni tark etdi

  • 03.10.2020 18:39
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol

Hamyurtimiz Denis Istomin Italiyaning Bella shahridagi "Chellenjer" turkumiga kiruvchi turnirda ishtirok etayotgani haqida xabar bergan edik.

Bugun musobaqaning chorak final bosqichida avstraliyalik Kristofer O'konnellga qarshi kortga chiqqan yurtdoshimiz raketkalarini g‘ilofga joylashga majbur bo‘ldi. Turnirning 2-tartib raqami ostida saralangan raketka ustasi hamyurtimizni 6:3, 6:3 hisoblarida mag‘lub etdi.

Endi chempionlik uchun asosiy da’vogarlardan biri hisoblanadigan O'konnell 4-tartib raqamli Fakundo Bannisga qarshi harakat qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!