
Istomin uchun "Roland Garros-2019" yakunlandi
Yurtimizning birinchi raqamli raketkasi Denis Istomin Frantsiya ochiq chempionatining birinchi davra uchrashuvini o‘tkazdi. Qur’aga ko‘ra, tennischimiz ushbu bosqichda germaniyalik Dastin Braunga qarshi kortga chiqdi.
Bahsning birinchi seti teng kurashlar ostida kechdi va g‘olib tay-breykda aniqlandi. Tennis lotoreyasida nemis tennischisining qo‘la balandi keldi. Afsuski, Istomin ikkinchi setga o‘zini tayyorlay olmadi va bu bo‘limda 1:6 hisobi qayd etildi. Shu tariqa, tennischimiz "Roland Garros-2019"ni birinchi davradayoq yakunlamoqda.
Fikrlar