
Italiya A Seriyasi 1-tur ramziy terma jamoasida "Roma"dan ham futbolchi bor (Foto)
21-23 avgust kunlari Italiya A Seriyasida yangi mavsumning ilk turi bo‘lib o‘tdi. Bellashuvlar ancha qiziqarli kechdi.
Dunyoga mashhur WhoScored portali tur ramziy terma jamoasini tuzib chiqdi. Unga "Roma" darvozaboni Ruy Patrisiu kiritildi. Eng ko‘p futbolchi "Inter" (3) va "Latsio" (2)dan. Qolgan klublardan bir nafardan o‘yinchi tanlangan.
Quyida WhoScored portali talqini bo‘yicha A Seriya 1-tur ramziy terma jamoasi bilan tanishing:
Ma’lumot o‘rnida, Eldor Shomurodov to‘p tepadigan "Roma" o‘z uyida "Fiorentina" bilan kuch sinashdi va rimliklar 3:1 hisobida g‘alaba qozondi. Hamyurtimiz 69-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi va bitta golga assistentlik qildi.
Fikrlar