Italiya chempionati bahslari bir yil muxlislarsiz o‘tkazilishi mumkin
Italiyada 2021 yilning mart oyigacha muxlislarning stadionlarga kirishi ta’qiqlanishi mumkin. Bu haqda AS nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, bu mamlakat hududida tarqalgan koronavirus pandemiyasi bilan bog‘liq. Italiya futbol federatsiyasi mavsumni xavfsiz usulda davom ettirish rejasini ishlab chiqmoqda. Unga ko‘ra, jamoalar 4-5 maydan boshlab mashg‘ulotlarga kirishishadi va chempionat o‘yinlari may oyi oxiridan boshlab davom ettiriladi. Ammo, muxlislarning stadionlarga kiritilishiga kelasi yilning bahoridan boshlab ruhsat berilishi mumkin. Bu bevosita mamlakat chegaralarining to‘liq ochilishi va barcha ta’qiqlar olib tashlanishi bilan bog‘liq.
Hozirda 26 turdan so‘ng A Seriya musobaqa jadvalida 63 ochko jamg‘argan "Yuventus" peshqadamlik qilmoqda.

Fikrlar