Asosiy mazmunga oʻtish

Italiya Jahon chempionatida ishtirok etish yoki etmaslik masalasiga oydinlik kiritdi

Muhammadqodir Ruzmatov
Izohlar: 0

Ma'lumot uchun, musobaqa 11 iyundan 19 iyulgacha AQSh, Kanada va Meksika davlatlarida bo'lib o'tadi.

Soʻnggi OAVlarda tarqalayotgan xabarlarga koʻra, Italiya terma jamoasi boʻlajak Jahon chempionatida yoʻllanmani qoʻlga kiritgan Eron oʻrniga ishtirok etishi mumkin. Biroq bu gʻoya Italiya sport vaziri hamda iqtisod vaziriga maʼqul kelmadi.

Andrea Abodi (Italiya sport vaziri):

"Bu har qanday holatda va Italiya uchun ham munosib emas! Ishtirok etish huquqi futbol maydonida qoʻlga kiritiladi, muzokaralar stolida emas."

Jankarlo Jorjetti (Italiya iqtisod vaziri):

"Bu taklif — uyatli holat! Italiyaga bunday yordam kerak emas va Jahon chempionatiga bunday yoʻl bilan chiqish umuman mamlakat obroʻsiga toʻgʻri kelmaydi."

Maʼlumot uchun, musobaqa 11 iyundan 19 iyuligacha AQSh, Kanada va Meksika davlatlarida boʻlib oʻtadi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q