Asosiy mazmunga oʻtish

Italiya terma jamoasi sobiq yulduzi oʻziga yangi klub topdi

Karim Xudayqulov
Izohlar: 0

Futbolchining rasmiy tanishtiruv marosimi 12 yanvar kuni bo‘lib o‘tishi mumkin.

Italiya terma jamoasi sobiq futbolchisi Mario Balotelli faoliyatini Saudiya Arabistonining "Al-Ittifoq" klubida davom ettiradi. 

Taniqli jurnalist Janluka di Marsioning bergan xabariga koʻra, 35 yoshli hujumchi Saudiya Arabistoni chempionati autsayderi boʻlib turgan "Al-Ittifoq" klubi bilan kelishuvga erishgan. Futbolchining rasmiy tanishtiruv marosimi 12 yanvar kuni boʻlib oʻtishi mumkin. 2025 yilning kuzida klub prezidentiga aylangan Petro Latersaning shaxsan  oʻzi "Super Mario"ni jamoada koʻrishni istagan. 

Maʼlumot uchun, italyalik strayker oʻtgan mavsumda "Jenoa" safida bor-yoʻgʻi 6ta uchrashuvda maydonga tushib, 56 daqiqa maydonda harakat qildi. 

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q