Italiya terma jamoasi sobiq yulduzi terma jamoaga qaytishga tayyor
Italiya milliy terma jamoasi va PSJ klubi sobiq himoyachisi Marko Verratti terma jamoaga qaytishga yaqin turibdi.
Italiya terma jamoasi bosh murabbiyi Jennaro Gattuzo Jahon chempionati saralashining muhim o‘yinlari oldidan tarkib tanlashda biroz qiyinchilikka duch kelmoqda. Mutaxassis terma jamoadagi faoliyatini yakunlagan Marko Verrattini tarkibga qaytarmoqda. Bu masalada futbolchi va murabbiy o‘rtasini muloqot bo‘lib o‘tgan va hammasi ijobiy tarzda yakunlangan. Ayni vaqtda Qatarning "Al-Arabi" klubida to‘p tepayotgan Verrattining o‘zi ham milliy terma jamoaga qaytishga va bo‘lajak o‘yinlarda vatani sharafini himoya qilishga tayyor ekanini bildirgan. U joriy mavsumda 15ta uchrashuvda maydonga tushib, bitta gol urdi va 4ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Eslatib o‘tamiz, Italiya terma jamoasi pley-off yarim finalida 26 mart kuni Shimoliy Irlandiyaga qarshi maydonga tushadi. Ushbu juftlik g‘olibi 31 mart kuni Uels yoki Bosniyaga qarshi hal qiluvchi bahsda ishtirok etadi.
Fikrlar