Italiya terma jamoasining yaqin kelajakdagi maqsadi nima?
Italiya terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Manchini jamoa oldiga qo‘ygan maqsadlari haqidagi savolga javob berdi.
Bugun italiyaliklar Evropa-2024 saralashining birinchi bosqichi doirasida o‘z maydonida Angliya terma jamoasini qabul qiladi.
“O‘tgan yili jahon chempionatiga chiqa olmaganimizda katta umidsizlikni boshdan kechirdik, biroq o‘zimizni tiklab, Millatlar ligasining yarim finaliga kirishga muvaffaq bo‘ldik. Bizning yaqin kelajakdagi maqsadlarimiz – Millatlar ligasida g‘alaba qozonish va Evropa chempionatiga yo‘llanma olish, keyin esa turnirning final bosqichida amaldagi chempion sifatida imkon qadar muvaffaqiyatli ishtirok etish”, - dedi Manchini matbuot anjumanida.
Fikrlar