Italiya va Turkiya Evropa chempionatini qabul qilishi mumkin

  • 12.07.2023 10:35
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Italiya va Turkiya 2032 yilgi Evropa chempionatiga mezbonlik qilish uchun kurashmoqda. La Repubblica xabariga ko‘ra, UEFA turnirni har ikki davlatda o‘tkazish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.

Tecno

O‘z navbatida, ayrim nashrlar Italiya va Turkiyaning ehtimoliy qo‘shma mezbonligini, jumladan, siyosiy nuqtai nazardan ham shov-shuvli deb hisoblaydi.

Taxminlarga ko‘ra, Evro-2032 uchun oltita Italiya va oltita Turkiya stadionlari kerak bo‘ladi. Istanbul turnirning ochilish o‘yiniga, Rim esa finalga mezbonlik qilishi mumkin.

Ta’kidlash kerakki, Evropa chempionati allaqachon bir necha mamlakatlarning qo‘shma mezbonligi ostida bir necha marta o‘tkazilgan. Jumladan, Evro-2000ga Belgiya va Niderlandiya, Evro-2008ga Avstriya va Shveytsariya, Evro-2012ga Ukraina va Polsha mezbonlik qilgan. Evro-2020 esa 11 davlatda bo‘lib o‘tdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!