Italiyada har kuni futbol bo‘ladi
Koronavirus pandemiyasi tufayli to‘xtatilgan Italiya A Seriyasi tiklangach, mavsumni 2 avgustgacha yakunlash uchun o‘yinlar har kuni o‘tkaziladi.
Corriere dello Sport tarqatgan xabarga ko‘ra, teletomoshabinlar va klublarning xohishi ko‘ra bellashuvlar turli vaqtlarda o‘tkazilishi mumkin. Masalan, dushanba kungi o‘yinlar 21:00 da, chorshanba hamda payshanba kungi bahslar esa 19:00 va 21:00 da boshlanadi. Juma kuni esa faqat 1 ta o‘yin o‘tkaziladi. U ham 21:00 da boshlanadi.
Shanba va yakshanba kungi uchrashuvlar esa 17:15, 19:30 va 21:45 da boshlanadi.

Fikrlar