
A Seriyaning qoldirilgan o‘yinlari qachon o‘tkazilishi ma’lum bo‘ldi
Xabaringiz bor bundan avvalroq koronavirus sabab qoldirilgan "Yuventus" - "Inter" uchrashuvi 8 mart kuni o‘tkazilishi ma’lum qilingan edi.
Bugungi ma’lumotlarga ko‘ra shu kuni A Seriyaning yana 4 ta qoldirilgan bahsi bo‘lib o‘tadi. Bular "Parma" - SPAL, "Milan" - "Jenoa", "Sampdoriya" - "Verona" va "Udineze" - "Fiorentina" uchrashuvlaridir. 9 mart kuni esa "Sassuolo" va "Breshiya" klublari o‘zaro kuch sinashishadi.
Ta’kidlash kerakki, ushbu o‘yinlarning barchasi muxlislarsiz o‘tkaziladi.
Fikrlar