
Italiyalik mashhur insayder Shomurodov qaysi jamoaga o‘tayotganini ma’lum qildi
“Roma”dagi faoliyati tobora poyoniga etib borayotgan hamyurtimiz Eldor Shomurodovning navbatdagi manzili qaysi jamoa bo‘lishi borasida turli gap-so‘zlar, mish-mishlar urchimoqda.
Italiyalik mashhur insayder Janluka Di Martsioning yozishicha, 27 yoshli o‘zbekistonlik hujumchi “Bolonya” klubiga ijara asosida o‘tishga yaqin turibdi.
Eslatib o‘tamiz, bundan oldinroq Eldorga “Torino”, “Sassuolo” va “Sampdoriya” kabi jamoalar qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Ma’lumot uchun, "Bolonya" o‘tgan mavsum A Seriyani 13-o‘rinda yakunlagan edi.
Fikrlar