Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Italiyaliklar mashhur darvozabondan yuz oʻgirdi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Uning narxi qimmat ekan

Italiyaning “Yuventus” klubi Angliyaning “Aston Villa” jamoasi darvozaboni Emiliano Martinesni sotib olish rejasidan butunlay voz kechdi.

Turinliklar avval “Liverpul”ning braziliyalik golkiperı Alissonni olib kela olmaganidan keyin asosiy e'tiborini Martinesga qaratgan edi.

Biroq klub 33 yoshli argentinalik posbon transferi bo‘yicha kelishuvga erisha olmadi. “Yuventus” ushbu bitimni juda qimmat deb hisobladi.

Jurnalist Fabrizio Romanoning ma'lum qilishicha, klub bir necha kun avval shu qarorni qabul qilgan va bu haqida “Aston Villa” rahbariyatini xabardor etgan.

Endilikda “Yuventus” darvozabon pozitsiyasini kuchaytirish uchun ko‘rib chiqayotgan variantlardan biri “Tottenxem” posboni Gulyelmo Vikariyo hisoblanadi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q