Italiyaning grand klubi Antonini nishonga oldi

  • 25 fevral, 13:24
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Italiyaning "Yuventus" klubi "Real Betis" futbolchisi hisoblangan Antonini olib kelish haqida o‘ylamoqda. 
 
"Fichajes" nashrining ma’lumotiga ko‘ra, turinliklar bir necha kundan buyon braziliyalik hujumchi atrofidagi vaziyatni o‘rganmoqda. Manbaga ko‘ra, Antoni hali hamon bir qarorga kelgani yo‘q. Agarda futbolchi jamoani tark etmoqchi bo‘lsa, italiyaliklar sotib olish uchun eng asosiy da’vogar hisoblanadi. 
 
Xabaringiz bor, ispaniyaliklar hujumchini Angliyaning "Manchester Yunayted" klubidan mavsum so‘nggiga qadar ijaraga olgan edi. Bir necha kun oldin esa Antoni yangi klubida baxtli ekanini, o‘zini qulay his etayotganini aytdi. 

Ma’lumot o‘rnida, 25 yoshli qanot hujumchisi "Betis" safida 6 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol va 2 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Uning Transfermarkt portalidagi narxi 20 million evro deb baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!