Italiyaning ikki grandi olis Avstraliyada o‘zaro kuch sinashdi
Avstriyaning Pert shahrida joylashgan «Optus» stadionida «Milan» va «Inter» jamoalari oʻrtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi. Qizgʻin kurashlar ostida oʻtgan derbi 1:1 hisobida yakunlandi.
Uchrashuvning ikkinchi qismida hisob ochildi. 53-daqiqada «Inter» yarim himoyachisi Federico Dimarko aniq zarbasi bilan jamoasini oldinga olib chiqdi. Bellashuvning 84-daqiqasida esa «Milan» hujumchisi Kristofer Nkunku penaltini muvaffaqiyatli amalga oshirib, hisobni tenglashtirdi.
Bu oʻyindan oldin «Milan» Shotlandiyaning «Seltik» jamoasiga qarshi oʻrtoqlik bahsida maydonga tushib, 2:2 hisobida durang qayd etgan edi. «Inter» esa Angliyaning «Manchester Siti» klubiga qarshi bahsda asosiy vaqtni 1:1 hisobida yakunlab, penaltilar seriyasida 3:1 hisobida gʻalaba qoʻzongan.
Eslatib oʻtamiz, «Milan» Italiya chempionatining 2025/2026 yildgi mavsumini turnir jadvalida beshinchi oʻrinda yakunladi. Milanliklar 38 oʻyinda jami 70 ochko toʻpladi. «Inter» esa shu mavsumda 87 ochko jamgʻarib, mamlakat chempioni boʻldi.

Fikrlar