ITKF Karate-do. Toshkent Osiyo chempionatiga mezbonlik qiladi (video)

CHERY AUTO

Yaqin kunlarda Toshkent yana bir nufuzli sport musobaqasiga mezbonlik qiladi. Gap shundaki, Karatening ITKF turi bo‘yicha ikkinchi Osiyo chempionati poytaxtimizda o‘tkaziladi.

Tecno

O‘zbekiston ITKF Karate-do federatsiyasi rahbari Shuhrat Qo‘shmuratovning ta’kidlashicha, Osiyo chempionatiga O‘zbekiston chempionati va kubogi orqali munosib nomzodlar saralab olingan hamda vakillarimiz qit’a birinchiligida yurtimiz sha’nini munosib himoya qiladi.

Turnir 20-21 noyabr kunlari "Universal" sport saroyida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!