Jahlini boshqara olmaydigan Bellingem yana jazolanishi mumkin

  • 07.04.2025 19:09
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Real" yarim himoyachisi Jud Bellingem "Valensiya"ga qarshi o‘yindagi (1:2) mag‘lubiyatdan so‘ng diskvalifikatsiya qilinishi xavfi ostida qoldi.

 Angliyalik futbolchi yakuniy hushtakdan keyin maydonni tark etayotgan paytda, jahl bilan VAR tizimi monitori o‘rnatilgan konstruktsiyaga oyog‘i bilan tepgan.

GOAL nashrining xabariga ko‘ra, La Liga qoidalarida uskunalarga nisbatan tajovuzni jazolash ko‘zda tutilgan. Bellingem ogohlantirish, jarima yoki 1 dan 3 o‘yinlargacha diskvalifikatsiya qilish xavfi ostida. 

Futbolchini eng og‘ir jazolardan asrab qolishi mumkin bo‘lgan jihat — VAR monitori yiqilmagani va ko‘rinishiga qaraganda shikastlanmagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!