Jahon chellenj kubogining ilk kunida 7 nafar sportchimiz finalga yo‘l oldi
Toshkentda sport gimnastikasi bo‘yicha Jahon chellenj kubogi o‘tkazilmoqda.
19 mamlakat sportchilari ishtirok etayotgan musobaqaning ortda qolgan kunida ochilish marosimi va dastlabki saralash bahslari tashkil etildi. Unda quyidagi atletlarimiz final yo‘llanmalarga ega chiqishdi:
Ayollar, tayanib sakrash: Oksana Chusovitina, Shahribonu Yusupova
Baland-past to‘sinidagi mashq: Dildora Aripova
Erkaklar, erkin mashq: Humoyun Islomov
Sport otidagi mashq: Mansur Rahmatov
Xalqa: Axrorkhon Temirkhonov, Ozotilla Abdrasulov

Fikrlar