"Jahon chempionati-2023": O‘zbek bokschilari o‘zi uyida hech kimga “non” bermaydi!

  • 1 may, 2023, 19:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Boks
BEPUL PROPAN

Xorij nashri Toshkentdagi jahon chempionatida qaysi mamlakat g‘olib chiqishini yozdi

1-14 may kunlari Toshkent shahri o‘z tarixida ilk bor boks bo‘yicha jahon chempionatiga mezbonlik qiladi. Ayn paytda butun jahon ekspertlari, mutaxassislari, muxlislari jahon chempionati qanday o‘tishini tahlil qilmoqda. Xulosalar esa, bir xil – o‘z uyida o‘zbek bokschilarini to‘xtatib bo‘lmaydi!

Sport olamidagi nufuzli nashrlardan biri – www.sports.kz sayti Toshkentdagi jahon chempionati oldidan O‘zbekistonda avval boks bo‘yicha tashkil etilgan katta turnirlar haqida  tahliliy material e’lon qildi. Muxlislar e’tiboriga ushbu maqolani havola etamiz.

 O‘zbekistonda boks bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi jahon chempionati birinchi marotaba tashkil  etilmoqda. Biroq Toshkent bungacha uch marotaba Osiyo chempionatini qabul qilgan.

ri4Z3715043372168058_b

Qit’a bokschilarini jamlagan birinchi musobaqa 1995 yilning 1-8 oktyabr kunlari bo‘lib o‘tgan. Unda o‘zbek va qozoq bokschilari shov-shuvli natija qayd etib, 12 ta oltin medaldan 9 tasini o‘zaro bo‘lishib olgan. O‘shanda Qozog‘iston vakillaridan olti nafari finalda g‘olib chiqqan. O‘zbekiston bokschilari uch marta shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarilgan.

To‘rt yildan keyin O‘zbekiston poytaxti 23-30 oktyabr kunlari yana qit’aning eng zo‘r charm qo‘lqop ustalarini jamladi. Bu gal natijalar umuman boshqacha bo‘ldi. O‘zbek va qozoq bokschilari yana  sermahsul natija qayd etib, 9 ta oltin medalga ega chiqdi. Shulardan atigi ikkitasi qozog‘istonliklarga tegdi. Finalda har ikki mamlakatdan ettitadan bokschi qatnashdi. Qozoq bokschilaridan beshtasi mag‘lub bo‘ldi. O‘zbek charm qo‘lqop ustalaridan to‘rttasi finalda qo‘shni mamlakat vakillarini engdi. Mezbonlar finallarda birorta raqibga imkon qoldirmadi.

Uchinchi marotaba Toshkent shahri Osiyo chempionatiga 2017 yili mezbonlik qildi. 30 apreldan 7 maygacha tashkil etilgan qit’a chempionatida O‘zbekiston bokschilari 10 ta vazn toifasidan 9 tasida g‘olib chiqdi. Finallardan uchtasi o‘zbeklar qozog‘iston vakillarini mag‘lubiyatga uchratji. O‘shanda Qamshibek Kunkaboev ilk bor Bahodir Jalolovga yutqazdi. Bungacha qozoq bokschisi hisobida Bahodir ustidan qozonilgan ikkita g‘alaba bor edi.

O‘sha Osiyo chempionatida qozog‘istonlik bokschilardan faqatgina Vasiliviy Levit chempion bo‘ldi. U chorak finalda Sanjar Tursunovni mag‘lubiyatga uchratganidan keyin bu imkoniyatga ega bo‘ldi.

Aslida faqatgina 1995 yili mezbonlar bilan raqobatlashishga imkon bo‘lgan. Keyinchalik o‘zbek bokschilari o‘z gegemonligini o‘rnatdi. Endi jahon chempionatida natija qanday bo‘lishini tez orada bilib olamiz.

O‘zbekistonda hozir boks shiddat bilan rivojlanmoqda. Ob’ektiv aytganda, mahalliy bokschilar jamoaviy hisobda dunyoning eng zo‘ri bo‘lishga qodir.

Toshkentdagi jahon chempionatida ishtirok etish baxtiga quyidagi bokschilarimiz sazovor bo‘ladi:

-48 kg: Shodiyorjon Meliqo‘ziev

-51 kg: Hasanboy Do‘smatov

-54 kg: Oybek Jo‘raev

-57 kg: Abdumalik Xalokov

-60 kg: Mujibillo Tursunov

-63,5 kg: Ruslan Abdullaev

-67 kg: Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jaev

-71 kg: Saidjamshid Jafarov

-75 kg: A’loxon Abdullaev

-80 kg: Jasurbek Yo‘ldoshev

-86 kg: Shohjahon Abdullaev

-92 kg Lazizbek Mullojonov

+92 kg: Bahodir Jalolov

70d0b6c0e3b8da8e9d1c4d6a264103bb

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!