Jahon chempionati. Ayubxon Nabiev – vitse-chempion!

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Poytaxtimiz mezbonligida o'tayotgan taekvondo WT bo‘yicha XV yoshlar o‘rtasidagi Jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi to‘rtinchi medaliga ega chiqdi. Yigitlar o‘rtasida -68 kg vazn toifasida terma jamoamiz sharafini himoya qiluvchi Ayubxon Nabiev musobaqa finaliga qadar yetib keldi.

Hal qiluvchi bahsda hamyurtimiz rossiyalik Ismoil Ismoilov bilan jang qildi. Afsuski, mazkur bellashuvda Ayubxon rossiyalik raqibiga imkoniyatni boy berib qo‘ydi, biroq, shunday bo‘lsa-da, Nabiev hisobimizga kumush medalini qo‘shib qo‘ydi.

Jahon chempionatining beshinchi kungi holatiga ko‘ra, hisobimizda 4 ta medal mavjud: 1 ta oltin, 2 ta kumush va 1 ta bronza.

Bu haqida O‘zbekiston taekvondo WT assotsiatsiyasi xabar bermoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!