Asosiy mazmunga oʻtish

Jahon chempionati: O'zbek bokschisining jangi birinchi raunddayoq to'xtatildi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Oldinda final

O‘zbekistonlik yosh bokschi Asadbek Sultonboev 19 yoshgacha bo‘lgan sportchilar o‘rtasidagi Jahon chempionati-2026 finaliga yo‘l oldi. 

Chernogoriyaning Budva shahrida o‘tayotgan musobaqada u 90 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifasida ingliz sportchisi Albe Douell diskvalifikatsiya qilinganidan so‘ng hal qiluvchi bosqichga chiqdi. 

Yarim finalda Asadbek jangni faol boshlab, birinchi raundni to‘liq nazorat qildi va hakamlar qaroriga ko‘ra 5:0 hisobida ustunlikka erishdi. Ikkinchi raundda esa Douell qoidalarni buzgani uchun ringdan chetlatildi. Shu tariqa, Sultonboev jahon chempionati finaliga rasmiy yo‘llanma qo‘lga kiritdi.

World Boxing tashabbusi ostida o‘tayotgan yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionati 16–27 oktyabr kunlari Budva shahrida tashkil etilgan. Musobaqada 69 ta milliy federatsiya vakillari ishtirok etmoqda. Ular 20 ta vazn toifasida — o‘nta erkaklar va o‘nta ayollar yo‘nalishida medallar uchun kurashmoqda. Final janglari 27 oktyabr kuni bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q