
Jahon chempionati o‘yinlari o‘tkaziluvchi stadionlar (FOTO)
2026 yilgi FIFA Jahon chempionati ilk bor 48 ta terma jamoa ishtirokida o‘tkaziladi va uchta mamlakat — AQSh, Kanada va Meksika turnirni qabul qiladi. Musobaqaning guruh bosqichi 16 ta shahardagi stadionlarda bo‘lib o‘tadi, ular quyidagicha mintaqalarga bo‘lingan:
AQShdagi 11 shahar turnir mezboni bo‘ladi:
-
Nyu-York / Nyu-Djersi — MetLife Stadium (final o‘yini)
-
Los-Anjeles — SoFi Stadium
-
Dallas — AT&T Stadium (eng ko‘p o‘yinlar: 9 ta)
-
Mayami — Hard Rock Stadium
-
Atlanta — Mercedes-Benz Stadium
-
Sietl — Lumen Field
-
Xyuston — NRG Stadium
-
Filadelfiya — Lincoln Financial Field
-
Boston (Foksboro) — Gillette Stadium
-
Kanzas-Siti — Arrowhead Stadium
-
San-Frantsisko (Santa-Klara) — Levi’s Stadium
Kanadadan esa 2 ta stadion ushbu turnirga mezbonlik qiladi:
-
Toronto — BMO Field
-
Vankuver — BC Place
Bundan tashqari, Meksikaning 3 ta stadioni ham turnirning bir qator o‘yinlarini o‘zida qabul qiladi:
-
Mexiko — Estadio Azteca (ochilish o‘yini)
Gvadalaxara — Estadio Akron
Monterrey — Estadio BBVA
Fikrlar