Jahon chempionati sovrindorlari bugun Toshkentda tantanali kutib olindi
Bugun, 22 dekabr kuni Turkiyaning Antaliya shahrida bo‘lib o‘tgan shaxmat bo‘yicha 9–17 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il bolalar va qizlar o‘rtasidagi rapid va blits yo‘nalishlari bo‘yicha Jahon chempionatida muvaffaqiyatli ishtirok etgan O‘zbekiston yoshlar va o‘smirlar terma jamoasi a’zolari “Toshkent” xalqaro aeroportida tantanali tarzda kutib olindi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 16–21 dekabr kunlari o‘tkazilgan ushbu nufuzli musobaqada 33 ta davlatdan 314 nafar shaxmatchi ishtirok etdi. O‘zbekiston terma jamoasi chempionatda 36 nafar iqtidorli shaxmatchi bilan qatnashib, yuqori natija qayd etdi.
Musobaqa yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasi rapid va blits bahslarida jami 12 ta medalni qo‘lga kiritdi:
5 ta oltin
2 ta kumush
5 ta bronza
Ushbu natija bilan terma jamoamiz umumjamoa hisobida 1-o‘rinni egalladi.
Jahon chempionatida medalga sazovor bo‘lgan shaxmatchilar:
Omonov Asrorjon — 17 yoshgacha, rapid, oltin medal
Begmuratov Xumoyun — 15 yoshgacha, rapid, oltin medal; blits, bronza medal
Olimova Ruqiya — 15 yoshgacha (qizlar), rapid, oltin medal
Xalilova Madinabonu — 17 yoshgacha (qizlar), rapid, kumush medal; blits, oltin medal
Komiljonova Lazizabonu — 13 yoshgacha (qizlar), blits, oltin medal
Botiraliev Abdimajid — 13 yoshgacha, rapid, kumush medal
Xikmatxonova Moxinur — 13 yoshgacha (qizlar), blits, bronza medal
Xusnitdinova Xusnoraxon — 11 yoshgacha (qizlar), blits, bronza medal
Abduxakimov Akbarali — 17 yoshgacha, blits, bronza medal
Ne’matillaxonov Nurmuhammad — 9 yoshgacha, rapid, bronza medal
Fikrlar