Asosiy mazmunga oʻtish

Jahon chempionati. Yana ikki nafar bokschimiz keyingi bosqich masalasini hal qildi

Javohir Malikov
Izohlar: 0

Budva shahrida yoshlar oʻrtasidagi Jahon chempionatida davom etmoqda

Chernogoriyaning Budva shahrida davom etayotgan boks bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi Jahon chempionatida -65 kg vazn toifasidagi vakilimiz Jahongir Zayniddinov ham ringga ko‘tarildi.  U slovakiyalik Gasper Pexantga qarshi bahs yuritdi. Zayniddinov raqibiga hech qanday imkoniyat qoldirmadi va birinchi raunddayoq texnik nokaut bilan zafar quchdi.

-80 kg vazn toifasidagi vakilimiz Abrorbek Sharipov ham Jahon chempionatida ringga ko‘tarildi. U moldovalik Timofei Magdiusga qarshi bahs yuritdi. Yakunda, Sharipov 5:0 hisobida g‘alaba qozondi va keyingi bosqich masalasini hal qildi.

Bu haqida O‘zbekiston Boks federatsiyasi xabar bermoqda.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q