Jahon chempionatiga bormaydigan frantsiyalik futbolchi "Real"dan ketishi mumkin

  • 15.05.2026 00:42
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Madridning "Real" klubi kelasi mavsum uchun tarkibni shakllantirish ustida ish olib bormoqda.

Marca nashri ma'lumotiga ko‘ra, "qaymoqranglilar" Eduardo Kamavingani sotilishi mumkin bo‘lgan futbolchilardan biri sifatida ko‘rmoqda.

Biroq fransiyalik yarim himoyachi taslim bo‘lishni istamayapti. U "Real"da qolib, asosiy tarkib uchun kurashni davom ettirish niyatida.

Avvalroq 23 yoshli futbolchi Angliya Premier-ligasining bir qator klublari bilan bog‘langan edi.

Transfermarkt portali Kamavinganing transfer qiymatini 50 million yevroga baholamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!