
Jahon chempionatiga chiqqan 4-jamoa nomi ma’lum bo‘ldi
Jahon chempionati saralash bosqichi doirasidagi Braziliya hamda Kolumbiya terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvda mezbonlar 1:0 hisobida zafar quchdi.
O‘yin taqdirini hal etgan yagona gol 72-daqiqada Lukas Paketa tomonidan kiritildi. Tite shogirdlari 12-turdan keyin 11 g‘alaba va 1 durang bilan 34 ochko jamg‘ardi. Shu tariqa, "pentakampeonlar" 2022 yilda Qatarda bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionatida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.
Bunga qadar Qatar, Germaniya, Daniya terma jamoalari ham JCh yo‘llanmasiga ega chiqqan edi.
Fikrlar