
Jahon chempionatining eng yaxshi darvozabonidan yuz o‘girishmoqda
"Chelsi" darvozaboni Eduar Mendi faoliyati boshqa chempionatda davom ettirishi mumkin.
Unga "Yuventus"dan jiddiy qiziqish bor. Xabarlarga ko‘ra, turinliklar Jahon chempionatidagi super o‘yinlariga qaramay, Voytsex Shchesniga imkon bermoqchi emas.
Klubning yangi rahbarlari birinchi raqamli posbon vazifasi Mendiga ishonib topshirilishini istayapti. Taxminlarga ko‘ra, londonliklar o‘z futbolchisi uchun 40 million evro talab qiladi.
Eduar Senegal libosida, Shchesni esa Polsha tarkibida Qatar mezbonlik qilayotgan mundialda ishtirok etdi. Eduar o‘rtamiyona o‘yin ko‘rsatgan bo‘lsa, Voytsex reyting bo‘yicha guruh bosqichining eng yaxshisi bo‘ldi.
Fikrlar