Jahon chempioni bo‘lgan Shahobiddin Zoirovga qanday avtomobil sovg‘a qilindi? (foto)

  • 23.09.2019 23:16
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 4
  • Boks

Buxoroda 23-tsentabr, dushanba kuni boks bo‘yicha Ekaterinburgda o‘tkazilgan Jahon chempionati g‘olibi Shahobiddin Zoirov hamda uning murabbiyi Istam Kabinovga viloyat hokimi O‘ktam Barnoev tomonidan Chevrolet Tracker avtomobillari sovg‘a qilindi. Bu haqda «Daryo» muxbiri xabar bermoqda.

Jahon chempioni va uning murabbiyini taqdirlash marosimi «Ark» qo‘rg‘onida bo‘lib o‘tdi.

«2016 yilgi Rio Olimpiadasida yuksak natijaga erishgan edim. Ekaterinburgda kechgan murosasiz va shiddatli bahslar ham omad keltirdi. Bu yutuq va muvaffaqiyatlarim ortida men uchun hamisha duoda bo‘lgan ota-onam va meni qo‘llab turgan Vatanim bor. Ular oldida, shuningdek, meni doimo janglarga shiddatkor kirishimda kuch bag‘ishlagan murabbiyim oldida ta’zimdaman. Barchangizning ishonchingiz meni katta g‘alabaga chorladi. G‘alabalarim sizlar uchun» – deydi Shahobiddin Zoirov «Ark» qo‘rg‘onida to‘plangan muxlislariga.

IMG_20190923_202044_835-680x453.jpg

Eslatib o‘tamiz, boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi 3 ta oltin, 1 ta kumush va 1 ta bronza medal bilan umumjamoa hisobida Jahon chempionatini birinchi o‘rinda yakunladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
ахмад49
24/09/2019 16:27
Мехнат килдингми, мархамат, канака мукофот булса хам арзийди.
&
ахмад49
24/09/2019 16:27
Мехнат килдингми, мархамат, канака мукофот булса хам арзийди.
&
Surxon turon
24/09/2019 08:28
Малибу бермабдида
&
Фан
24/09/2019 07:47
Баракалла Шахобиддин.
Бу хали бошланиши.
Халолинг булсин.