Jahon chempioni nogironlarga yordam ko‘rsatdi

  • 18 aprel, 2020, 15:37
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Rossiyaning “Sochi” klubi koronavirus pandemiyasi davrida imkoniyati cheklangan qatlamni qo‘llab-quvvatlash aktsiyasiga qo‘l urdi.

Tecno

Klub rasmiy sayti tarqatgan xabarga ko‘ra, aktsiya doirasida shahardagi 20 ta nogironlik aravachasiga mixlangan insonlarga oziq-ovqat mahsulotlari etkazib berilgan. Ularni olib borishda klub rahbariyatidan tashqari jamoaning frantsiyalik legioneri Adil Rami ham qatnashgan.

Ayni damda koronavirus pandemiyasi tufayli Rossiya premer-ligasi o‘yinlarida tanaffus yuzaga kelgan. “Sochi” ortda qolgan 22 ta turdan so‘ng musobaqa jadvalida 12-o‘rinda bormoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!