Jahon chempioni Portugaliya chempionatida o‘ynaydi (FOTO)

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Frantsiya terma jamoasining sobiq himoyachisi Odil Rami Portugaliyaning "Boavishta" klubiga ko‘chib o‘tdi.

34 yoshli futbolchi yangi jamoasi bilan 2 yillik bitimga imzo chekdi.

Ramining so‘nggi jamoasi Rossiyaning "Sochi" klubi bo‘ldi, u fevral oyida erkin agent sifatida ushbu jamoa a’zosiga aylangandi, ammo RPLda birorta ham uchrashuv o‘tkazmadi.

May oyida "Sochi" va himoyachi o‘rtasidagi bitim bekor qilindi. Bunga futbolchining jarohati borligi sabab qilib ko‘rsatilgan bo‘lsa, uning agenti mijoziga maosh berilmaganini ma’lum qildi.

Avgust oyida himoyachi "Rejina" klubiga o‘tayotgani haqida xabarlar paydo bo‘lgandi, biroq transfer amalga oshmay qoldi. Bunga sabab, Rami klubga hurmatsizlik bilan qaraganligi ko‘rsatildi.

rue63ff1faeca

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!