Jahon kubogi. Hamyurtimiz bronza medalini qo‘lga kiritdi!

  • 11 dekabr, 2021, 17:27
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Olimpizm
CHERY AUTO

Poytaxtimizda o‘tkazilayotgan qilichbozlik bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi Jahon kubogining navbatdagi kuni ham ortda qoldi. Unda shpaga bo‘yicha jamoaviy, sablya qurolida yakkalik dasturida g‘olib va sovrindorlar aniqlandi.

Ahamiyatlisi, har ikki yo‘nalishda ham misrlik qilichbozlar oltin medallarni qo‘lga kiritishdi. Sablya dasturida Adham Moutazga teng keladigani topilmagan bo‘lsa, hamyurtimiz Pazilbek Genjebaev bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Jahon kubogi, yigitlar.
Sablya, yakkalik:
1. Adham Moutaz (Misr)
2. Nikolai Stiptsin (Rossiya)
3. Pazilbek Genjebaev (O‘zbekiston)
3. Dmitriy Nasonov (Rossiya)

Jahon kubogi, yigitlar.
Shpaga, jamoaviy:
1. Misr
2. Rossiya
3. Shveytsariya

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!