Jahongir Ortiqxo‘jaev: "2024 yilgi mavsumni unutamiz!"

  • 8 yanvar, 20:43
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, "Paxtakor" jamoasi ayni damda Antaliyada yig‘in o‘tkazmoqda. Klub raisi Jahongir Ortiqxo‘jaev mashg‘ulotga tashrif buyurdi va 2025 yilda jamoaning o‘z oldiga qo‘yilgan maqsadlari, "Paxtakor" nimalarga erishishi kerakligini tushuntirdi.

"Biz Sizlarga futbol o‘ynashingiz uchun barcha sharoitlarni yaratib beramiz. Shuning uchun ham Evropa havosidan nafas olgan mutaxassislarni jalb qildik. Mening niyatim O‘zbekiston milliy terma jamoasi JChda ishtirok etsin va "Paxtakor" muxlislari terma jamoa safida Sizlardan imkon qadar ko‘prog‘ingizni tarkibda ko‘rib hursand bo‘lsin.

2024 yilgi mavsumni unutamiz. Bizdan muxlislar qanday holatda bo‘lmaylik chempionlikni kutishadi. Bu yilgi tarkibimiz eng yaxshilaridan deb bilaman. Yoshlarning oldiga Igor Sergeev va Iroq terma jamoasidan Basharni qo‘shdik. Bu erda Alijonov, Sobirxo‘jaev va Hamdamov kabi kuchli futbolchilarimizni safimizda olib qoldik", - deydi Jahongir Abidovich.

Suhbat jarayonida Jahogir Abidovich, Pedru Moreyradan yaratilgan sharoit va imkoniyatlar haqida so‘radi. O‘z navbatida portugaliyalik mutaxassis qo‘l ostidagi shogirdlari bilan faqat maksimal natija uchun kurashishini takidlab o‘tdi", - deya Ortiqxo‘jaevning so‘zlarini keltirdi klub matbuoti.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!