Jahongir Zokirovning “Zuffa Boxing”dagi raqibi e’lon qilindi
Javohir Malikov
Og‘ir vazn toifasidagi vakilimiz professional boksda navbatdagi jangini o‘tkazadi
Og‘ir vazn toifasidagi vakilimiz Jahongir Zokirov professional boksda navbatdagi jangini o‘tkazadi.
Xabaringiz bor, Zokirov “Zuffa Boxing” bilan shartnoma imzolagan va dastlabki jangini ham o‘tkazib ulgurgan edi. Ushbu promoushen navbatdagi turnirini 14 noyabr kuni Saudiya Arabistonining Ar-Riyad shahrida tashkillashtirishni rejalashtirgan. Ushbu kechada Zokirov AQSh vakili Jardae Andersonga (11-1, 9 KO) qarshi ringga ko‘tariladigan bo‘ldi.
Bu vakilimizning professional yo‘nalishdagi 3 jangi bo‘ladi. Bunga qadar 2 ta jang o‘tkazib, muddatidan avval g‘alaba qo‘zongan.
Bu haqida O‘zbekiston Boks federatsiyasi xabar bermoqda.
Izohlar (0)