Jalil Kimsanov "Andijon" bilan xayrlashdi

  • 03.01.2020 21:44
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Mavsum-2019»ni 10-o‘rin bilan yakunlagan «Andijon» jamoasining tarkibida ham jiddiy o‘zgarishlar bo‘lishi kutilmoqda. Aksariyat klublar qatori andijonliklar safida ham keldi-ketdilar yuz berishi tabiiy hol.

Shuni aytish kerakki, o‘tgan mavsumning ikkinchi yarmida «Andijon» tarkibiga qo‘shilgan himoyachi Jalil Kimsanov faoliyatini boshqa klubda davom ettiradi. Shu sababli u «Andijon» bilan xayrlashdi.

Kimsanov o‘tgan yilgi chempionatni Tojikistonning «Istiqlol» klubida boshlagandi va yarim mavsum o‘ynagach, «Andijon» a’zosiga aylangandi. Lekin himoyachining klubdagi ishlari u qadar yurishgani yo‘q. Boisi Jalil Kimsanov ikkinchi davrada «Andijon» tarkibida Superligada to‘rtta uchrashuvda maydonga tushdi xolos. Buning ustiga u jamoa bilan mavsum oxiriga qadar shartnoma imzolagandi. O‘zi bilan bog‘langanimizda «Andijon» bilan xayrlashganini va yangi mavsumda faoliyatini boshqa klubda davom ettirishini ma’lum qildi.   

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!