Jaloliddin Masharipov tibbiy ko‘rikdan o‘tdi va endi u Bolgariyaga yo‘l oladi (Foto)

  • 6 iyul, 2021, 16:45
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

4 iyul kuni Jaloliddin Masharipov Saudiya Arabistoniga jo‘nab ketdi. Hamyurtimiz yangi jamoasi safiga borib qo‘shildi.

Tecno

Xabaringiz bor, "Al-Nassr" Masharipovni "Paxtakor"dan transfer qilgandi. Ammo jamoadagi legionerlar limiti tufayli futbolchimiz yarim mavsum BAAning "Shabab Al-Ahli" klubida ijara asosida to‘p tepdi. Endi esa, Jaloliddin "Al-Nassr" futbolchilari bilan birgalikda tibbiy ko‘rikdan o‘tdi.

211984189_2930389420509996_686046327716174462_n

Saudiyaliklar Bolgariyada mavsumga tayyorgarlik ko‘rishadi. Masharipov tez orada jamoa bilan birga ushbu davlatga yo‘l oladi.

Masharipov "Shabab Al-Ahli" safida 12 o‘yinda maydonga tushib, bitta gol urgan va 5 golga hammualliflik qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!