
Jaloliddin Masharipovning jarohatiga oid so‘nggi ma’lumot
Bugun bir necha noat avval O‘zbekiston milliy terma jamoasi vakili Jaloliddin Masharipov jahon chempionati ikkini saralash bosqichi 4-turidan o‘rin olgan Singapurga qarshi bahs uchun tayyorgarlik jarayonida jarohat olgani borasida xabar bergandik. Shu bois futbolchi kechagi mashg‘ulotni jamoadoshlaridan avval yakunlagandi.
Terma jamoamiz “Jar” stadionida o‘tkazgan bugungi mashg‘ulotida Jaloliddin Masharipov umumiy guruh bilan birga shug‘ullandi. Demak, uning jarohati jiddiy emas. Masharipov Singapurga qarshi bahsda terma jamoamizga yordam bera oladi.
Eslatib o‘tamiz, Singapur - O‘zbekiston uchrashuvi 15 oktyabr kuni Toshkent vaqti bilan 16:45da start oladi.
Fikrlar