
Jalolov bilan bir kechada jang o‘tkazgan 15 yoshli bokschimizda nima gap? WBA chempioni uni e’tirof etdi (foto va video)
Xabaringiz bor, 18 mart kuni Dubay shahrida tashkil etilgan professional boks oqshomida Bahodir Jalolov Kamil Sokolovski ustidan muddatidan oldin g‘alaba qozongan edi. Ushbu kechada yana bir bokschimiz - 15 yoshli Abdurahmon Mahmudjonov ham angliyalik Toni Kurtisga qarshi ringga ko‘tarildi. Bahs to‘liq davom etdi va unda Mahmudjonov ochkolar hisobida g‘alaba qozondi. Ushbu g‘alaba bilan uni tabriklash uchun yarim og‘ir vaznda WBA chempioni Ley Vud ringga chiqib keldi va estalik uchun suratga tushdi.
"Abdurahmon Mahmudjonov - Biz bu ismga kelajakda yana qaytamiz,"- deb yozib qoldirgan Vud instagram sahifasida.
Fikrlar