Janfranko Dzola: "Chelsi" Sarriga vaqt berishi kerak edi
"Chelsi" klubi sobiq futbolchisi Janfranko Dzola "aristokratlar"ning sobiq ustozi Mauritsio Sarriga yana vaqt berishlari kerak edi deb hisoblaydi.
“Sarri mavsumning ikkinchi qismida ajoyib natijalar qayd eta olishini ko‘rsatib qo‘ydi. Unga vaqt kerak edi. Agar u qolsa, bu “Chelsi” uchun foydali bo‘lar edi”, - deydi Dzola.
Eslatib o‘tamiz, Dzola o‘tgan mavsum “Chelsi”da Sarriga assistentlik qilgan edi. Ular birgalikda Evropa ligasida g‘alaba qozonishdi va APLda 3-o‘rinni egallashdi.

Fikrlar