Janni Infantino: "Futbolda irqchilikka mutlaqo o‘rin yo‘q"

  • 18.02.2026 23:15
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

FIFA prezidenti Janni Infantino Chempionlar ligasida "Benfika" va "Real Madrid" oʻrtasidagi oʻyinda (1:0) yuz bergan mojaroli holatga munosabat bildirdi.

Infantino oʻyin davomida "Real" hujumchisi Vinisius Juniyorga nisbatan ehtimoliy irqiy haqorat aytilgani haqidagi holat uni qattiq ranjitganini taʼkidladi.

"Men Chempionlar ligasi oʻyini davomida Vinisius Juniyorga nisbatan ehtimoliy irqchilik holatini koʻrib, hayratda qoldim va juda afsuslandim.

Bizning sportimizda ham, jamiyatda ham irqchilikka oʻrin yoʻq. Barcha masʼul tomonlar chora koʻrishi va aybdorlarni javobgarlikka tortishi kerak.

FIFA global irqchilikka qarshi kampaniya va futbolchilar kengashi orqali oʻyinchilar, rasmiylar va muxlislarni hurmat qilish hamda himoya qilishni taʼminlashga intiladi. Shuningdek, bunday holatlar yuz berganda tegishli choralar koʻrilishini talab qiladi. Men hakam Fransua Leteksʼyening irqchilikka qarshi protokolni ishga tushirib, qoʻl ishorasi orqali oʻyinni toʻxtatganini yuqori baholayman.

FIFA va butun futbol olami irqchilik va har qanday kamsitish qurbonlari bilan toʻliq hamjihat. Men doimo takrorlayman: irqchilikka yoʻq, har qanday kamsitishga yoʻq!" – deyiladi FIFA prezidenti bayonotida.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!