
Janubiy Koreya bosh murabbiyi: "O‘zbekistonni g‘alaba bilan tabriklayman! Mundialga bundan ham yaxshiroq bo‘lib qaytamiz"
20 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo Kubogi yarim finalidan o‘rin olgan O‘zbekiston - Janubiy Koreya uchrashuvida : hisobi qayd etildi. Bellashuvdan keyin tashkil etilgan matbuot anjumanida koreyaliklar bosh murabbiyi Kim Yun Jung ishtirok etib, quyidagi fikrlarni bildirib o‘tdi:
"O‘zbekistonni g‘alaba bilan tabriklayman! Turnirga bor kuchimizni sarfladik. Afsuski, bugun omad bizga kulib boqmadi.
Tarkibda o‘zgarishlarga qo‘l urdim. Sababi, ekstra-taymlarda charchagan futbolchilarga dam berishni to‘g‘ri, deb o‘yladim. Ammo alohida ta’kidlay olamanki, yigitlar maydonda bor kuchini ishga soldi. Buning uchun ularga katta rahmat!
Birinchi taymda o‘yinchilarimiz ko‘p muxlislar oldida bosimni his qildi. Shu sabab ular o‘zi istagandek harakat qila olmadi. Tomoshabinlar effekti o‘yinga o‘z ta’sirini o‘tkazdi, albatta. Shunga qaramay, bu avlodning kelajakda kuchli bo‘lib etishishiga to‘la ishonaman.
Har uchrashuvda g‘alaba qozonishni istaymiz. Biroq bugun bosim har qachongidan ko‘proq bo‘ldi. Shu narsa baribir ta’sir qildi, deb o‘ylayman.
Menimcha, oziq-ovqat, tizimi, stadionlar, umuman olganda, barcha sharoitlar ajoyib darajada. Bu mamlakatning muxlislari alohida e’tiborni tortadi, albatta. Ularga qoyil qolmasdan iloj yo‘q.
Jahon chempionatida qatnashadigan barcha jamoalar kuchli va etarlicha salohiyatga ega. Koreya jamoasi bugungi o‘yindan xulosa qilib, yanada rivojlanishga harakat qiladi. Biz mundialga bundan ham yaxshiroq bo‘lib qaytamiz!", - dedi murabbiy.
Fikrlar