Jarohat sababli "Barselona" darvozaboni Ispaniya Superkubogida maydonga tushmaydi

  • 07.01.2026 03:21
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

"Barselona" darvozaboni Mark-Andre ter Shtegen jarohat oldi va Ispaniya Superkubogida maydonga tushmaydi.

"Diario Sport" nashrining xabar berishicha, golkiper bugungi mashg‘ulotni jarohat sababli muddatidan oldin yakunlagan.

"Barselona" matbuot xizmati ma’lum qilishicha, ter Shtegen Saudiya Arabistonidagi jamoa yig‘inini tark etib, tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun Barselonaga qaytib ketadi. Uning o‘rniga arizaga Diego Kochen qo‘shiladi — u jamoaga ertaga qo‘shiladi.

Seshanba kuni "Barselona" musobaqa yarim finalida "Atletik"ka qarshi o‘ynaydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!