Jastin Getji Arman Tsarukyaning qimmatbaho sovgasini nega rad etdi?
Javohir Malikov
Amaldagi chempion g‘alabasi ortidan sodir bo‘lgan kuligili vaziyat haqida gapirib berdi
Yengil vazn toifasida amaldagi UFC chempioni Jastin G’etji iyun oyida Iliya Topuriya ustidan qozongan g’alabasi ortidan ro’y bergan kuligili vaziyat haqida gapirib berdi.
Ma’lum bo’lishicha, divizion reytingida ikkinchi o’rinda borayotgan Arman Tsarukyan amerikalik jangchiga "Matador"ni mag’lub etsa, yangi pikap sovg’a qilishga va’da bergan. Biroq "Xaylayt" bu taklifdan keskin bosh tortgan.
"Nega Tsarukyaning pikapidan voz kechdim? Chunki Arman men istagan pikapni olib berishni xohlamadi. U menga arzon, eski-tuski mashina olib bermoqchi bo’ldi. Shu bois uning taklifini rad etdim", — deya hikoya qildi G’etji.
Izohlar (0)