Jastin G’etji Dana Uaytning "erkatoyi"ni yanchib tashladi, Umar va Shon ham g’alabaga erishdi!
AQShning Las-Vegas shahrida "UFC 324" turniri bo‘lib o‘tdi. Kechaning markaziy jangida amerikalik Justin Getji va angliyalik Peddi Pimblett engil vaznda vaqtinchalik chempionlik kamari uchun o‘zaro oktagonga ko‘tarildi.
Quyida mazkur oqshomda qayd etilgan natijalar bilan tanishib chiqishingiz mumkin.
Prelim:
Tay Miller 1-raundning so‘nggi soniyasida Adam Fyugittni nokautga uchratdi;
Josh Hokit ham 1-raundda Denzel Frimanni nokaut qildi;
Aleks Peres texnik nokaut evaziga Charlz Jonsonni mag‘lub etdi;
Nikita Krylov 3-raundning so'ngida Modestas Bukauskasni nokautga uchratdi;
Aqeba Gautе hakamlarning yakdil qarori bilan Andrey Pulyaevdan ustun keldi (30-27, 29-28, 29-28);
Umar Nurmagomedov ochkolar bo‘yicha (30-27, 30-27, 30-27) Deyveson Figyereduga imkon qoldirmadi;
Asosiy kard:
Jan Silva hakamlarning yakdil qaroriga ko‘ra Arnold Allеnni mag‘lub etdi (30-27, 29-28, 29-28);
Natalya Silva ochkolar bo‘yicha Rouz Namayunasni yengdi (29-28, 29-28, 29-28);
Valdo Kortes-Akosta 2-raundda Derrik Lyuisni nokautga uchratdi;
Shon O'Melli hakamlarning yakdil qarori bilan (29-28, 29-28, 29-28) Song Yadong ustidan g‘alaba qozondi;
Justin Getji super kechgan jangda Peddi Pimblettni ochkolar evaziga mag‘lub etib, engil vaznda vaqtinchalik UFC chempioniga aylandi.
Fikrlar